Aksilmonopoliya qo‘mitasi metan narxi oshirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyuldagi 387-sonli qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ayrim avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarini oshirilganligi yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan bugungi kunda 1 kub m metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotgani aniqlangan.

Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gazi narxini doimiy monitoring qilib borayotgani va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari narxni sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing