Akkaunti xakerlik hujumiga uchragan G‘ani “Tolibon”ni tan olishga chaqirdi 

Olam

image

Ashraf G‘ani dunyo hamjamiyatini “Tolibon” bilan aloqa o‘rnatishga va mamlakatning moliyaviy aktivlarini blokdan chiqarishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozgan. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay Afg‘oniston sobiq Prezidenti Twitter sahifasi orqali o‘z so‘zlarini rad etgan

“Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqini ajratmasdan, hozirgi hukumat bilan ishlashi kerak. Yordam bering va hukumatni tan oling”, deya yozadi Ashraf G‘ani Facebook'dagi sahifasida. Shu tariqa, u dunyo hamjamiyatini “Tolibon”ni tan olishga chaqirgan. 

Shuningdek, sobiq Prezident afg‘on xalqiga yordam berishni va Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini blokdan chiqarishni so‘ragan. Biroq, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ashraf G‘anining Twitter sahifasi orqali Facebook akkaunti xakerlik hujumiga uchragani ma’lum qilingan.

“Ashraf G‘anining Facebook’dagi rasmiy sahifasi xakerlik hujumiga uchradi. Kechadan beri unda joylashtirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi sobiq Prezidentning Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf G‘ani joriy yilning 15 avgust kuni Qobul shahri “Tolibon” nazoratiga o‘tgach, iste’foga chiqib, mamlakatni tark etgan. U Afg‘onistonni 2014 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing