Akfa universiteti o‘zbekistonlik talabalarni bepul o‘qitadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. 

OTM joriy yil qabulni boshlaydi. Unga birinchi o‘quv yilida 200 nafar abituriyent qabul qilinadi. Abituriyentlarning 100 nafarini chet el fuqarolari tashkil etsa, yana 100 nafar talaba O‘zbekistondan qabul qilinadi. Bu haqda bugun universitetning tashkil etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z bordi. 

Chet el fuqarolari uchun o‘qish uchun shartnoma to‘lovi o‘rtacha 10 000 AQSH dollari miqdorida belgilanishi kutilmoqda. 100 nafar o‘zbekistonlik yigit qizlar esa universitetda bepul tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Akfa universiteti Janubiy Koreyaning Ganjon universiteti bilan hamkorlikda uning andozasida tashkil etilmoqda. Bu universitet 1939 yilda tashkil etilgan bo‘lib,  Seonam va Incheon hududlarida o‘zining yana ikkita markazlariga ega. Unda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 400 ta ishchilar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

2019-2020 o‘quv yilida universitet faoliyatini tibbiyot yo‘nalishidagi yagona fakultet bilan boshlaydi. Kelgusi yillarda esa Arxitektura va dizayn hamda Sanoat korxonalarida muhandislik ishi yo‘nalishlari ochiladi. 

Ushbu universitetda ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Akfa universiteti

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing