Akademik Marat Sodiqov vafot etdi
Jamiyat
−
02 avgust 2021
7446Kecha, 1 avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sodiqov Marat Fayziyevich vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Marat Sodiqov 1945 yil 1 yanvarda Buxoro shahrida tug‘ilgan. U 1973 yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Marat Fayziyevich Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati bo‘lgan. 1972 yildan respublika xalqaro va xorijiy san’at ko‘rgazmalarida qatnashib kelgan.
2004 yilda esa Marat Fayziyevich akademik unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘sha yildan boshlab O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi a’zosiga aylangan.
Uning asarlari Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi, Tretyakov galereyasi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, shuningdek, AQSH, Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya va Italiya galereyalari, muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida namoyish qilingan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor Sergo Mixaylovich Sutyagin 84 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Iyulda iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov ham vafot etgandi.