Aka-uka Pollar o‘zaro jang qiladi

Sport

image

Videobloger va bokschilar Logan Pol va Jeyk Pol o‘zaro ringga ko‘tariladi. Bu haqda Logan o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Logan Pol va Jeyk Pol 27 mart kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqadi. Hozircha ushbu jang qayerda o‘tkazilishi ma’lum emas.

Logan bu jang haqida izoh berdi.

“O‘n yil kutilgan lahza... 27 mart”, deb izoh qoldirdi Logan.

Ma’lumot o‘rnida, Jeyk Pol oxirgi jangini 2024 yilning noyabr oyida o‘tkazgan va o‘shanda boks afsonasi Mayk Taysonni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan. Logan Pol esa 2023 yilning oktyabrida Dillon Denisni mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Logan Pol Jeyk Pol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing