Aqto‘beda ichida 53 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Olam

image

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida 53 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kecha, 12 yanvar kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. O‘zbekistonning Aqto‘bedagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobus ta’mirlash ishlari yakunlangach, bugun,  13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etgan.

Bosh konsulxona, shuningdek 13 yanvar kuni Aqto‘be-Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi E.M. halok bo‘ganini ma’lum qildi. YTH yana bir o‘zbekistonlik I.K. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'zbekistonlik

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing