AQSHning yangi Ichki xavfsizlik vaziri Trampning siyosatini yo‘q qilmoqchi 

Olam

image

AQSH Senati Ichki xavfsizlik vaziri lavozimiga Alexandro Mayorkas nomzodini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Uning nomzodini 56 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan, 43 nafari unga qarshi ovoz bergan. 

Ta’kidlanishicha, yangi Ichki xavfsizlik vaziri Bayden ma’muriyatida muhim rol o‘ynaydi va AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatini "orqaga qaytarishni boshlaydi". 

Ma’lumot o‘rnida, Mayorkas oldin AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbari bo‘lib ishlagan. Keyinchalik, AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama ma’muriyatida Ichki xavfsizlik vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

16

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing