AQSHning yadro arsenali hajmi aniqlandi

Olam

image

Shundan 1750 uzoq va yaqin masofalarga uchuvchi ballistik raketalarga va strategik bombardimonchi samolyotlarga o‘rnatilgan. 2050 tasi esa zahirada saqlanmoqda.

Bu haqda The Bulletin of the Atomic Scientists ilmiy jurnalida bayon qilingan. 

Tadqiqotchilarning baholashlaricha, 1,3 mingta yadro kallaklari qit’alararo ballistik raketalarga, 300 yadro bombasi esa AQSH aviabazasida saqlanayotgan uzoqqa tashuvchi strategik bombardimonchi samolyotlarga jihozlangan. 150 yadro kallagi esa AQSHning Yevropadagi bazasida saqlanmoqda. 

Bundan tashqari, deyarli 2,4 mingta eskirgan yadro kallaklari jangovor vazifalardan olinib, 2030 yilga qadar utilizatsiya qilinishi lozim.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya federatsiyasi tomonidan 2010 yilda imzolangan strategik hujumkor qurollarni cheklash va qisqartirish borasidagi kelishuv imzolangan edi. Unga ko‘ra, yetti yildan so‘ng 700 ta qit’alararo ballistik raketalar, suvosti ballistik raketa tashuvchilari va og‘ir bombardimonchi samolyotlar, shuningdek 1550 ta yadro kallagi, 800 ta startda turgan faol va nofaol raketalarni qisqartirish lozim edi. 

O‘tgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp yadroviy quroldan voz kechishga chaqirgan va AQSH, Rossiya va Xitoy ham bu ishni qilishi kerakligini aytgan edi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur bayonotni ma’qullab, yadroviy bitim taklifini tahlil qilishga tayyor ekanligini bildirdi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya yadro quroli AQSH

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing