AQSHning o‘zi ham Rossiyaga qo‘yilgan saknsiyalardan aziyat chekmoqda – Antonov

Olam

image

Amerikaning Rossiyaga qarshi yangi cheklovchi choralari oltin va sanoat eksportining aylanishiga ta’sir ko‘rsatib, barcha iqtisodiyotlar uchun mavjud o‘yin qoidalarini buzadi. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQSHning Rossiyaga qarshi kiritgan yangi sanksiyalariga izoh berar ekan aytib o‘tdi. 

“Bozorlarda Amerika rasmiylarining xatti-harakatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan, tartibsizlik va vahima keltirib chiqarilayotganini ko‘ryapmiz. Jahon iqtisodiyotida mahalliy sanoat muhim rol o‘ynaydi. Yangi to‘siqlar, jumladan oltin aylanmasi va sanoat eksportiga ta’sir qiluvchi to‘siqlar barcha iqtisodiyotlar uchun belgilangan o‘yin qoidalarini buzadi", deb ta’kidladi rossiyalik diplomat. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilari Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni uzib qo‘ygani jahon iqtisodiyotidagi inqiroz hodisalarini haddan tashqari kuchaytirgan.

“Hamma joyda ishbilarmonlik faolligining pasayishi, transport va logistika zanjirlarining buzilishi, investitsiyalar oqimining sekinlashishi, mehnat bozoridagi muammolar, biznes va aholining real daromadlarining pasayishi kuzatilmoqda”, deydi elchi.

Shu bilan birga, elchi ta’kidlaganidek, AQSHning o‘zi ham Rossiyaga qarshi taqiqlardan aziyat chekmoqda.  

"Bu yerda iste’mol narxlarining o‘sishi so‘nggi 40 yil ichida antirekordni o‘rnatdi. O‘rnatilgan cheklovlar tufayli savdo hamkorlari bilan hisob-kitoblarda qo‘llanilishi uchun dollar o‘rnini bosuvchi vositani izlash faollashdi”, deydi Antonov. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni AQSH Moliya vazirligi Rossiya Federatsiyasiga nisbatan cheklovlarni kengaytirdi. 50 dan ortiq shaxslar, shuningdek, 110 dan ortiq tuzilmalar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Vashington Rossiyadan oltin olib kirishni taqiqladi. Shu bilan birga, AQSH Savdo vazirligi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yevropa va Osiyoning bir qancha davlatlaridan 36 ta tashkilotni qora ro‘yxatga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Sanktsiya

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing