AQSHning Ukrainaga yordami to‘xtamaydi – Harris (video)
Olam
−
18 fevral
5899AQSHning Ukrainaga yordami o‘zgarishsiz qoladi va davom etadi. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi chog‘i ma’lum qildi.
“AQSH Prezidenti Jozef Bayden va men siz, Ukraina xalqiga yordam berishga ahd qildik", degan u.
Ukraina rahbari esa AQSHga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.
"Men Amerika Qo‘shma Shtatlarining butun dunyoni bir bo‘lishga va Rossiya hujumlariga qarshi turishga ko‘maklashgan hayotiy yordami va yetakchiligidan minnatdorman", degan Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yildan beri AQSHning Ukrainaga yordam jo‘natishi mamlakatda katta mashmashalarga sabab bo‘lib kelmoqda. Demokratlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tarafdori bo‘lsa, respublikachilar o‘zga davlatga yordam bergandan ko‘ra, o‘z mamlakatining chegaralarini mustahkamlash uchun pul ajratishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy konferensiya doirasida Germaniya va Fransiya bilan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni imzolagan edi.
LiveBarchasi