AQSHning Toshkentdagi elchixonasi turistik viza bilan bog‘liq yangilikni e’lon qildi

Jamiyat

image

AQSH davlatiga noimmigratsion vizalarni olish bo‘yicha suhbatlar va arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joylar ochildi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, AQSH elchixonasi haftaning har seshanba va payshanba kunlari soat 16:00 da sentyabrdan dekabrgacha bo‘lgan muddat uchun viza suhbati o‘rinlarini ochgan. Iyul va avgust oylari uchun esa joylar soni cheklangan va deyarli to‘lgan.

“Sayohatchilar viza uchun suhbat kunini bepul onlayn tarzda belgilashdan avval, viza uchun anketani to‘ldirib qo‘yishi zarur. Turistik viza 12 oy davomida amal qiladi, shu bois sizdan, viza rejalaringizni avvaldan belgilashingizni so‘raymiz”, deyiladi elchixona xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

viza elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made