AQSHning “Tolibon”ga munosabati o‘zgarmoqda

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati uch nafar yuqori martabali amaldor, jumladan, ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniyning hibsga olinishiga yordam beradigan ma’lumot uchun Qo‘shma Shtatlar tomonidan beriladigan pul mukofoti bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumati ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulmetin Kani bayonot berdi.

“Sirojiddin Haqqoniy, Abdulaziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniy endi AQSH Davlat departamentining qo‘lga olinishi uchun pul mukofotlari berilishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida yo‘q”, deydi u.

Davlat departamenti rasmiysi Zokir Jaloliyning aytishicha, bu harakat va amerikalik mahbus Jorj Glezmanning 20 mart kuni Qobul ma’muriyati tomonidan ozod etilishi ikki davlat munosabatlarida urush davrining ta’siri pasayganidan dalolat beradi va munosabatlarni yaxshilash yo‘lidagi qadamdir.

Amerika matbuoti ham Sirojiddin Haqqoniyni qo‘lga olish uchun ma’lumot berganlarga berilishi rejalashtirilgan 10 million dollar mukofotning keyinroq qabul qilingan qaror bilan bekor qilinganini tasdiqladi.

“Tolibon” O‘zbekiston AQSHga bergan vertolyotlarni qaytarishni talab qildi north_east

“Tolibon” O‘zbekiston AQSHga bergan vertolyotlarni qaytarishni talab qildi

Ma’lumot uchun, 1970 yilda Jaloliddin Haqqoniy asos solgan “Haqqoniy” guruhi Afg‘onistonga bostirib kirgan SSSRga qarshi qurolli kurash olib borgan. Sovet qo‘shinlari mamlakatni bosib olgan paytda “Haqqoniy” guruhi Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mujohidlarning qarshilik guruhlari tarkibida bo‘lgan. Biroq keyinchalik guruh Afg‘onistonga harbiy intervensiya o‘tkazgan NATO va mamlakatni boshqarayotgan Afg‘oniston hukumatiga qarshi qurolli kurashga kirishdi. Guruh bu davrda sodir bo‘lgan ko‘plab teraktlarni uyushtirgani ma’lum.

“Tolibon” 1995 yilda raqib mujohid guruhlarini mag‘lub etib, 1996 yilda poytaxt Qobulni egallab olgandan so‘ng “Haqqoniy” guruhi unga qo‘shilgan. Hozirda u “Tolibon”ning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

2018 yilda Jaloliddin Haqqoniy o‘limidan so‘ng uning o‘rniga o‘g‘li Sirojiddin Haqqoniy keldi, u hozirda “Tolibon” muvaqqat hukumati ichki ishlar vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon Sirojiddin Haqqoniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing