Rossiya AQSHning Suriyadagi talonchiligini ko‘rsatdi
Olam
−
26 Oktabr 2019 7463 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Suriya hududining sun’iy yo‘ldosh rasmlarini e’lon qildi, unda amerikaliklarning neft qazib olish jarayoni va uning eksporti tasvirlangan. Bu haqda MK xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya nefti Zayevfrati shahrida "ISHID" ustidan g‘alaba qozonganidan oldin ham, keyin ham "AQSH harbiylarining ishonchli himoyasi ostida faol ravishda qazib chiqarilgan". "Amerikaliklar qazib olingan uglevodorodlarni yonilg‘i tashiydigan mashinalarida mamlakat tashqarisiga qayta ishlash uchun jo‘natdilar", deya xabar beradi Rossiya harbiylari.
Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, "Rasmiy Vashington xalqaro davlat banditizmini amalga oshirmoqda".
Konashenkov qo‘shimcha qilishicha, (bir barrel Suriya neftining narxini 38 dollarni hisobga olgan holda) Qo‘shma Shtatlar kontrabandadan oyiga 30 million dollardan ko‘proq pul ishlaydi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025