AQSHning Suriyadagi bazasiga Iroqdan 15 ta raketa uchirildi

Olam

image

AQSHning Suriyadagi bazasiga Iroqdan 15 ta raketa uchirildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

"3 dekabr kuni AQSHning Rumeylandagi bazasiga Iroqdan 15 ta 122 millimetrli raketa uchirildi. Xodimlar orasida qurbonlar yo‘q va harbiy texnikalarga zarar yetmagan", deyiladi CENTCOM'ning X'dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, “O‘ziga xos qaror” operatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus guruh raketalar otilgan joyni aniqlagan va bu ma’lumotlarni Iroq xavfsizlik kuchlariga yetkazgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi munosabati bilan oktyabr oyidan beri AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiylari kamida 76 ta hujumga uchragan. “The Washington Post”ning yozishicha, Iroq va Suriyadagi AQSH qo‘shinlariga raketa va dron hujumlari deyarli har kuni amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, Qizil dengizdagi uchta tijorat kemasiga Yamandagi husiylar hujum qilgan. USS Carney boshqariladigan raketa esminetsi hujumlarni qaytargan va kamida uchta dronni urib tushirgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi Amerika kuchlari Bobil viloyatidagi iroqlik qurolli guruhlar pozitsiyalariga hujum qilish uchun dronlardan foydalangan. Oqibatda iroqlik sakkiz nafar askar halok bo‘lib, ikki nafari yaralandi. AQSHning hujumlari Iroq hukumati tomonidan suverenitetning buzilishi sifatida qoralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Iroq raketa hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made