AQSHning Suriyadagi bazasi raketa hujumiga uchradi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH va G‘arb koalitsiyasining Suriya chegarasidagi Et-Tanf shahrida joylashgan harbiy bazasi kecha, 20 oktyabr kuni raketa hujumiga uchradi. Bu haqda guvohlarga asoslanib “Al Mayadeen” telekanali xabar bergan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, baza Suriya, Iroq va Iordaniya chegaralari tutashgan joyda joylashgan hududda bir nechta portlashlar eshitilgan. Harbiy xizmatchilar orasidagi yo‘qotishlar va moddiy zarar haqida tafsilotlar keltirilmagan. 

AQSHning Bag‘doddagi harbiy qo‘mondonligi vakili Et-Tanfdagi bazaga raketa otilganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar dronlar tomonidan ham amalga oshirilgan. Hujumda kamida beshta dron ishtirok etgan. 

Avvalroq, Yamanning “Ansorulloh” harakati Saudiya Arabistonining Jizan shahri aeroportiga dron orqali hujum uyushtirgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya baza

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing