AQSHning sobiq vitse-prezidenti vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Uolter Mondeyl vafot etdi. Bu haqda "Axios" xabar bergan.  

Mondeyl AQSHning 39-Prezidenti Jimmi Karter ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lgan. 

U 93 yoshida yorug‘ olamni tark etdi. Siyosatchining o‘limi sababi aytilmagan. 

Portalning ta’kidlashicha, Mondeyl AQSHda vitse-prezidentning rolini "o‘zgartira olgan". U Prezident Karterning muhim uchrashuvlarida qatnashgan va tashqi siyosatda faol rol o‘ynagan. 

Mondeyl AQSH Demokratik partiyasining a’zosi bo‘lgan. 

U 1977 yildan 1981 yilgacha vitse-prezident sifatida faoliyat olib borgan. 

1984 yilda u Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan, ammo saylovda Ronald Reyganga yutqazgan. 

Mondeyl 1993 yildan 1996 yilgacha AQSHning Yaponiyadagi elchisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Mondeyl

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing