AQSHning sobiq razvedkachisi Snouden Rossiya fuqaroligini oldi
Olam
−
26 Sentabr 2022
13418Amerikalik texnik va maxsus agent, Markaziy razvedka boshqarmasi va AQSH Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Prezident Vladimir Putin tomonidan bugun, 26 sentyabr kuni imzolangan farmonda aytiladi.
Rossiya fuqaroligini olganlar ro‘yxatida “Edvard Jozef Snouden, 1983 yil 21 iyunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilgan” deb ko‘rsatilgan.
2013 yilda Snouden Amerika va Britaniya razvedka agentliklarining elektron kuzatuv usullari, shuningdek, ular o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini bir-biriga o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.
Snouden, shuningdek, ushbu mamlakatlar razvedka xizmatlari xorijiy davlatlar rahbarlarining muzokaralarini noqonuniy tinglash bilan shug‘ullanayotganini ochiqladi. AQSH rasmiylarining ta’qiblaridan qochib, u bir qator davlatlar, jumladan Rossiya hukumatiga boshpana so‘rab murojaat qildi. 2014 yilda u Rossiya Federatsiyasida birinchi yashash uchun ruxsatnomani, keyinroq esa – Rossiya hududida cheksiz qolish huquqini oldi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr