AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha investitsiya fondiga rossiyalik investor rahbar bo‘ldi
Olam
−
16 iyul 3390 2 daqiqa
AQSHda Markaziy Osiyoga investitsiya kiritish uchun tashkil etilgan jamg‘armaga Rossiyada tug‘ilgan investor rahbar etib tayinlandi. Bu haqda joriy yilning 14 iyul kuni “The Guardian” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgda tug‘ilgan venchur investor Konstantin Sokolov AQSH Davlat departamenti huzurida Markaziy Osiyo va Kavkazga investitsiya kiritish uchun tashkil etilgan Tripp+ jamg‘armasiga rahbarlik qiladi.
Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qurilishi rejalashtirilgan transport yo‘lagi – “Trump Route for International Peace and Prosperity” (“Tramp xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘li”) nomi bilan atalgan jamg‘armaning boshlang‘ich kapitali 200 million AQSH dollarini tashkil etadi. Jamg‘arma Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga investitsiyalar, grantlar hamda qarzlar ajratishni ko‘zda tutadi.
Mutaxassislar jamg‘arma boshqaruvi Konstantin Sokolovning o‘ziga katta foyda keltirishiga shubha bildirgan. Biroq ularning ta’kidlashicha, Donald Tramp ma’muriyati “ayniqsa iqtisodiy investitsiyalar sohasida tashqi yordamni qayta yo‘naltirish”ni maqsad qilgani sababli jamg‘armaga davlat mablag‘lari ajratilishi ko‘payishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Konstantin Sokolov 1975 yili Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. U SSSR parchalanganidan keyin AQSHga ko‘chib o‘tgan, Chikago universitetining biznes maktabida tahsil olgan va Chikagoda o‘zining IJS Investments investitsiya jamg‘armasiga asos solgan. Shuningdek, u AQSHning Qwest (Lumen) telekommunikatsiya kompaniyasi hamda Britaniyaning Centrica neft korporatsiyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda u Armanistonning Viva telekommunikatsiya kompaniyasi aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.
“The Guardian” qayd etishicha, Sokolov avval Oq uyda bal zali qurish bo‘yicha bahslarga sabab bo‘lgan loyihaga sarmoya kiritgan. Undan avval esa Donald Trampning saylov kampaniyasiga 12 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH federal sudi Prezident Donald Tramp ma’muriyatining hukumat tomonidan amalga oshirilgan “siyosiy ta’qiblar” qurbonlariga tovon to‘lash uchun tashkil etilayotgan qariyb 1,8 milliard dollarlik jamg‘arma faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust