AQSHning maxfiy hujjatlarini oshkor qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
Olam
−
14 aprel 2023
8167AQSHning maxfiy hujjatlarini oshkor qilishda gumonlanayotgan 21 yoshli Jek Teysheyra mamlakat Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan hibsga olindi. Bu xabarni adliya vaziri – AQSH bosh prokurori Merrik Garlend ham tasdiqladi.
“Bugun, 14 aprel kuni AQSH milliy mudofaasiga oid maxfiy ma’lumotlarni ruxsatsiz olish, saqlash va tarqatish bo‘yicha tergov o‘tkazilayotgani munosabati bilan Jek Duglas Teysheyra hibsga olindi”, deydi u.
Teysheyraga nisbatan bugun Massachusets shtati sudida sud bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. FQB hibsga olingan shaxsning uyida tergov harakatlarini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, yigit Milliy gvardiya harbiy-havo kuchlarida xizmat qiladi. U 2019 yil AQSH harbiy-havo kuchlarida aloqa sohasida harbiy xizmat o‘tagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Ukraina, Yaqin Sharq va Xitoyga nisbatan siyosatining asl sabablarini ochib beruvchi jami yuzga yaqin maxfiy hujjatlar internetga sizdirilgan edi. Maxfiy fayllarda havo hujumidan mudofaa tarmog‘ini yaratish rejasi ham bo‘lgan. Shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Kiyevga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar ham ochiqlangan. Hujjatlarda kutilayotgan qurol-yarog‘ yetkazib berish jadvallari, qo‘shinlar va batalon kuchlari fotosuratlari mavjud bo‘lgan. Keyinchalik, mazkur hujjatlar tarqalishi ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi