AQSHning qiruvchi samolyotlari Putinni Rossiyaga kuzatib qo‘ydi (video)

Olam

image
“Putin yutdi”. Alyaskadagi sammitga OAV qanday munosabat bildirdi? north_east

“Putin yutdi”. Alyaskadagi sammitga OAV qanday munosabat bildirdi?

Alyaskadagi muzokaralardan so‘ng Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samolyoti AQSHdan Rossiyaga qaytishda F-22 qiruvchi samolyotlari hamrohligida uchdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyotlari Putinning Ankorijga – Alyaskadagi Elmendorf-Richardson qo‘shma harbiy bazasiga kelishida ham kutib olgan. Osmon uzra B2 Spirit bombardimonchisi to‘rt dona F-35 Lightning II qiruvchisi hamrohligida parvoz qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Alyaskada uchrashgani xabar qilingandi. Uchrashuvda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Uitkoff ham ishtirok etdi. Muzokaralar 2 soat 45 daqiqa davom etdi.

Prezidentlar matbuot oldida qisqa bayonot berdi, shundan so‘ng uchrashuv yakunlandi. Trampning aytishicha, kelishuvga erishilmagan, biroq ikki tomon ham muzokaralarni konstruktiv va foydali deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin qiruvchi samolyot Alyaska F-22

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing