AQSHning qilgan ishidan so‘ng Eron Isroilga yana zarba berdi

Olam

image
BMT AQSHning Eronga bergan zarbasiga munosabat bildirdi north_east

BMT AQSHning Eronga bergan zarbasiga munosabat bildirdi

Eron bugun, 22 iyun kuni tongda yana Isroilga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Isroil shimoli va markazida havo hujumi sirenalari yangradi va odamlarga boshpana topishga buyruq berildi. Eron hujumi bir necha to‘lqinlarda davom etdi. Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) hisob-kitoblariga ko‘ra, Erondan jami 20 dan 30 tagacha ballistik raketalar uchirilgan.

Magen David Adom milliy tibbiy xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar butun mamlakat bo‘ylab o‘ndan ortiq joylarda, jumladan Tel-Aviv, Nes-Siona va Xayfa turar-joylarida raketa va shrapnel zarbalari haqidagi xabarlarni qayd etgan. Kamida 16 kishi jarohatlangan. Eron harbiylari, o‘z navbatida, hujumlar Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti, logistika bazalari va turli ilmiy hamda harbiy markazlarni nishonga olganini da’vo qilmoqda.

Hujum AQSH kuchlari bir kechada Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berganidan keyin sodir bo‘ldi. Bombalarning to‘liq to‘plami asosiy maydonga – Fordoga tashlangan. 2006 yilda maxfiy ravishda qurilgan va 2012 yilda foydalanishga topshirilgan Fordo Eronning eng xavfsiz yadroviy inshooti edi. U Qum yaqinidagi tog‘ ichida, tosh ostida 90 metr balandlikda joylashgan. Uning havo hujumlariga va hatto bunker busterlariga qarshi turish uchun taxminiy qiymati – 1,7 milliard dollargacha bo‘lgan summani tashkil qiladi, strategik maqsad esa – uranni er ostida boyitishni himoya qilish.

Eron uchun Fordo shunchaki ob’ekt emas, bu uning yadroviy ambitsiyalari uchun sug‘urta polisi edi. Bu zarba Eronning butun yadroviy dasturi uchun eng og‘riqli zarbalardan biridir.

“Maariv” gazetasining da’vo qilishicha, Eron Isroilga 40 ta raketa zarbasi bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika samolyotlari Erondagi uchta yadroviy ob’ekt – Fordo, Natanz va Isfaxonga zarba berganini ma’lum qilgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyoti Eron havo hududini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

yadroviy inshoot Isroil-Eron IDF Fordo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing