AQSHning Iroqdagi harbiy bazasiga dron hujumi uyushtirildi
Olam
−
17 noyabr 2023
5761Iroq shimolidagi Amerika va xalqaro kuchlar joylashgan harbiy bazaga uchuvchisiz samolyot hujum qildi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, zarba Al-Harir aviabazasiga yo‘naltirilgan. Yetkazilgan zarar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hujum uchun mas’uliyatni Iroq islomiy qarshilik harakati o‘z zimmasiga olgan.
Qurolli guruh Amerika bazasiga qilingan hujumni Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga javoban amalga oshirganini bildirgan. Tashkilotga ko‘ra, dron mo‘ljallangan nishonga tekkan.
Baza 11 va 9 noyabr kunlari ham dron tomonidan hujumga uchragan. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning hisob-kitoblariga ko‘ra, 17 oktyabrdan 7 noyabrgacha AQSHning Yaqin Sharqdagi kuchlariga 40 marta hujum qilingan. 22 ta hujum Iroqda, 18 tasi Suriyada sodir etilgan.