AQSHning Iroqdagi harbiy bazasi raketalar hujumiga uchradi
Olam
−
23 aprel 2021
6330Iroqdagi Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan Amerika armiyasining Victory lageriga bugun, 23 aprel kuni raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda Iroq armiyasidagi manbaga asoslanib xabar berilmoqda.
"Bag‘dod aeroporti yaqinidagi Amerika harbiy bazasiga uchta raketa otildi", deyilgan xabarda.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Hozircha biron bir radikal tashkilot ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida AQSH kuchlari joylashgan Iroq harbiy bazasi raketa hujumiga uchragandi.
LiveBarchasi