AQSHning ikki shtatiga “Delta” yopirildi

Olam

image

Kecha, 9 oktyabr kuni AQSHning Luiziana shtatiga "Delta" bo‘roni yopirildi. Bu haqda AQSH Bo‘ronlarni monitoring qilish milliy markazi ma’lum qilgan.

"Bo‘ron Luiziana shtatidagi Kreola yaqinidagi sohilga mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da yopirilgan", deyilgan xabarda. 

Luiziana janubidagi ba’zi hududlarda bo‘ron to‘lqinlari va vayronkor shamol kuzatilayotganiga aniqlik kiritilgan.

Oqibatda, Texasda 115 mingga yaqin, Luiziana shtatida esa 270 mingdan ortiq iste’molchi elektr energiyasiz qolgan.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ushbu shtatlarning qirg‘oqlarida bo‘ronli ob-havo kuzatilmoqda. Suv toshqini xavfi mavjud. Shu sababdan mahalliy aholi xavfdan ogohlantirilmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSH sohiliga yopirilishdan oldin bo‘ron Meksika ko‘rfaziga yopirilgan.

Oqibatda Yukatan yarim orolida 40 mingga yaqin odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan, 200 mingdan ortiq aholi ofat tufayli elektr energiyasiz qolgan.

Qurbonlar va yaralanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Dovul ko‘plab daraxtlarni qulatib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Shamolning tezligi soatiga 175 km ga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing