AQSHning ikki shtati Baydenni sudga berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Missuri va Luiziana shtatlari Amerika Prezidenti Jo Bayden, shuningdek, AQSH ma’muriyatining bir qancha vakillarini yirik ijtimoiy tarmoqlarga senzura o‘tkazish va bir qator mavzular bo‘yicha ma’lumot bermaslik uchun “bosim va til biriktirish”da ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda “Fox News” xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, ikki respublikachi shtatning bosh prokurorlari kecha, 5 may kuni Luiziananing G‘arbiy okrugi federal sudiga qo‘shma da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Qayd etilishicha, ayblanuvchilar qatorida Baydenning Matbuot kotibi Jen Psaki, AQSH Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauchi hamda AQSH ma’muriyatining boshqa bir qancha yuqori martabali vakillari ham bor. 

Hujjat matnida aytilishicha, ayblanuvchilar “dezinformatsiyaga qarshi kurash bahonasida” internet gigantlari, xususan, Twitter, YouTube va Meta bilan Baydenning o‘g‘li ishi, koronavirusning kelib chiqishi va pochta orqali ovoz berish kabi mavzularni senzura qilish uchun ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Bayden

Baholaganlar

699

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing