AQSHning desant kemasida yong‘in va portlash yuz berdi (video)

Olam

AQSHning USS Bonhomme Richard desant kemasida yong‘in chiqdi va portlash yuz berdi. Kema San-Diyegodagi harbiy bazada bo‘lib turgandi.

Yong‘in oqibatida 21 kishi: 17 nafar dengizchi va 4 nafar oddiy fuqaro jabrlandi. Yong‘in vaqtida kema bortida 160 ga yaqin harbiy bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar mahalliy yengil jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 12 iyul soat 8:30 da kemaning quyi qismida boshlangan va yonilg‘i baklariga ham o‘tgan. Yong‘inni o‘chirishda mahalliy o‘t o‘chiruvchilar hamda harbiy baza va kema jamoasi ishtirok etgan. Yong‘inni o‘chirishga bir necha kun talab qilinishi mumkin. Hozirda kemada o‘t o‘chiruvchilar qolib, uni o‘chirishni davom ettirmoqda.  

Yong‘in boshlangandan keyin kemada portlash yuz bergani aytilmoqda. AQSH Harbiy dengiz kuchlarining San-Diyegodagi vakili Mayk Reynining aytishicha, hozircha yong‘in va portlash sababi noma’lum. Ammo bu qasddan uyushtirilganiga ishora qiluvchi belgilar ham yo‘q. Kemada qurol-aslahalar ham bo‘lmagan.

USS Bonhomme Richard kemasi Wasp sinfidagi universal kema bo‘lib, qurollanishga 1998 yilda olingan. Uning jamoasi 102 zobit va mingdan ko‘proq dengizchidan iborat. Kema uzunligi 250 metrni, suv sig‘imdorligi 28 ming tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi. Kema zenit-raketa qurilmalari va vertolyotlar uchishi palubasi bilan jihozlangan. Kema harbiylardan tashqari, vertolyotlar, katerlar va transport vositalari-amfibiyalarni tashiy oladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yong'in kema

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing