AQSHning Birinchi xonimi koronavirusga chalindi
Olam
−
05 Sentabr 2023
5396AQSHning Birinchi xonimi Jill Bayden SOVID-19 bilan kasallandi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
"Bugun tunda birinchi xonimda COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Unda hozircha kasallikning yengil alomatlari bor. U Delaver shtatidagi Rexobot-Bichdagi uyida qoladi", deyiladi hujjatda.
Jill Baydenniing o‘tgan yili ham koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21 iyul kuni tongda 80 yoshga yaqinlashgan Jo Baydenda koronavirus aniqlangandi. Shundan so‘ng, u besh kun davomida Paxlovidʼni qabul qildi. Natijada Baydendagi SOVID-19 alomatlari butunlay yo‘qoldi. 26 iyul kuni kechqurun va 27 iyul kuni tongda SOVID-19ʼga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqqan. Biroq 4 avgust kuni unda yana koronavirus aniqlangan.
LiveBarchasi