AQSHning Afg‘onistondagi harbiy bazasiga hujum qilindi. Qurbonlar bor
Olam
−
17 aprel 2020 11720 1 daqiqa
Afg‘onistonning Parvan provinsiyadagi Bagram AQSH harbiy bazasiga noma’lum shaxslar tomonidan hujum qilindi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, nobud bo‘lganlar ob’ektda ishlayotgan mahalliy aholi vakillaridir.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. Xunrezlikni mamlakatda harakatlanuvchi hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.
Harbiy baza ma’murlari tomonidan ham hech qanday izoh berilmagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust