AQSHning 5 ta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

AQSHning Kentukki, Virjiniya, Kanzas, Arkanzas va Missuri shtatlarida kuchli qor, yomg‘ir, muzlash va momaqaldiroq tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda “Sky news” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 ta shtatdagi aholiga bo‘ronlardan hushyor turish va uyda qolish tavsiya etilgan. Kanzas, Arkanzas, Kentukki va Virdjiniya shtatlarida qutb uyurmasi tomonidan boshqariladigan bo‘ron sharqqa harakatlangani sababli favqulodda holat e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, qutb uyurmasi - bu Yerning ikki qutbli mintaqasining har biri atrofida g‘ildirak kabi aylanadigan past bosimli sovuq havo hududidir. Ba’zan Arktikada qutb uyurmasi tebranadi va janubga siljib, Shimoliy Amerikaning ba’zi qismlarini sovuq harorat bilan qoplaydi.

Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 1500 ga yaqin reys bekor qilinib, 2000 ta reys kechiktirilgan. Bundan tashqari, bir necha poyezd reyslari bekor qilingan. Og‘ir qish sharoiti butun mamlakat bo‘ylab 62 million kishiga ta’sir qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 9 oktyabr kuni Florida shtatiga “Milton” to‘foni yopirilgandi. Uning maksimal tezligi soatiga 160 kilometrdan oshdi. U 125 ga yaqin uyni vayron qildi va elektr ta’minotida keng miqyosda uzilishlarga sabab bo‘ldi, 2,6 milliondan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi. Tabiiy ofat arafasida 5 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilingan. “Milton” to‘fonidan ko‘rilgan zarar taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra 50 milliard dollarga baholandi.

Ma’rufaliyeva Mohimbegim


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh favqulodda holat Kentukki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing