AQSHni o‘z ixtiyori bilan tark etgan migrantlarga 3 ming dollardan pul beriladi
Olam
−
23 dekabr 1911 1 daqiqa
AQSH Prezidenti ma’muriyati o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etadigan noqonuniy migrantlar uchun mukofotni 3 ming dollargacha oshirishga qaror qildi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mukofot 2025 yil oxirigacha ariza topshiradigan migrantlarga beriladi. Noemning qo‘shimcha qilishicha, Yangi yil mavsumida soliq to‘lovchilar rag‘batni uch barobar oshirdi, shunda migrantlar o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga ko‘proq undaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ma’muriyati 14 yoshdan katta bo‘lgan norasmiy migrant o‘smirlarga o‘z ixtiyori bilan vatanlariga qaytgan taqdirda 2500 dollar miqdorida to‘lov taklif qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, o‘z ixtiyori bilan chiqib ketishni boshlaganlarga yo‘l xarajatiga yordam ko‘rsatilishi va vataniga yetib borganidan so‘ng 1000 dollar to‘lanishi ham e’lon qilingandi.
Live
Barchasi