AQSHni emas, Daniyani tanlaymiz – Grenlandiya (video)

Olam

image

Grenlandiya AQSH bilan yaqinlashuv ehtimollari muhokama qilinayotgan bir paytda, orol hukumati o‘z tanlovini Daniya foydasiga qilganini ochiq e’lon qildi. Bu haqda orol Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen Kopengagenda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Grenlandiya AQSHga tegishli bo‘lmaydi. Agar biz shu yerda va hozir AQSH bilan Daniya o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘lsak, biz Daniyani tanlaymiz. Biz NATOni tanlaymiz. Biz Daniya Qirolligini tanlaymiz. Biz Yevropa Ittifoqini tanlaymiz”, degan Nilsen. 

Ushbu matbuot anjumanida Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen ham so‘zga chiqib, hudud hech kimga sotilmasligini yana bir bor ta’kidlagan. 

“Bizning xabarimiz aniq: Grenlandiya sotilmaydi. Biz bu haqda boshidan e’lon qilganmiz, shuningdek, amerikaliklarga ham boshidan aytganmiz: agar xavfsizlik masalasi bo‘lsa, birga qiladigan va qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p narsalar bor. Biz bu fikrni ertangi uchrashuvda yana takrorlaymiz”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchisi Jeff Lendri Daniyani dunyodagi eng katta orolni bosib olganlikda ayblagandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing