AQSHni hech kim boshqarmayapti – Ilon Mask
Olam
−
29 iyun
11623Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatdan keyin Amerika hukumatini aslida hech kim boshqarmayotganini taxmin qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Dastlab AQSH prezidentligiga sobiq nomzod Vivek Ramasvami quyidagicha post qoldirgan.
“Bayden aslida mamlakatni boshqarmayapti, bu esa boshqa bir savolni paydo qiladi: xo‘sh, mamlakatni kim boshqaryapti?”
Ilon Mask esa uning posti ostiga “Balki hech kim” deya izoh yozgan.
Bundan oldinroq Ilon Mask AQSHdagi saylovoldi debatlar amaldagi Prezident Jo Baydenni Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida chetlatishga bo‘lgan tayyorgarlik deb baholagan.
“Ular shunchaki gapirayotgan qo‘g‘irchoqlar. Bu shunchaki almashtirishga tayyorgarlik”, deb yozgan Mask boshqa bir tadbirkorning postiga izoh sifatida.
Bayden va Tramp o‘rtasidagi ilk debat 27 iyun kuni tunda bo‘lib o‘tdi. CNN telekanali Baydenning chiqishidan so‘ng Demokratlar partiyasi vahima ichida qolganini xabar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The New York Times” gazetasi tahririyati AQSH Prezidenti Jo Baydenni saylovoldi poygadagi keyingi ishtirokidan voz kechishga va “baquvvatroq” demokrat nomzodga o‘z o‘rnini berishga chaqirgandi.
Mavluda Satiyeva
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr