AQSHga javob: Peskov Putin pullarini qayerda saqlashini ma’lum qildi

Olam

image

AQSHning rossiyalik yuqori martabali amaldorlarning aktivlarini muzlatish haqidagi tahdidlari ular uchun og‘riqli emas, balki siyosiy jihatdan buzg‘unchi fikrdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.  

AQSHda “Putin aktivlari”ni muzlatish haqidagi chaqiriqlarga Peskov Prezident haligacha pullari saqlanadigan “Rossiya” bankidagi hisob raqamidan maoshini olish uchun foydalanishini tasdiqlagan.

“Rossiya qonunchiligi amaldorlarga xorij aktivlariga ega bo‘lishni allaqachon taqiqlagan, shuning uchun AQSH sanksiyalari ma’nosizdir. Ushbu mavzuni unchalik bilmagan AQSH kongressmenlari va senatorlari Rossiya rahbariyati vakillarining aktivlari, bank hisoblari, ko‘chmas mulklari va boshqalarni muzlatish haqida gapirishadi, ammo bu, aftidan, ularda yetarlicha mutaxassis bilimlari yo‘qligi bilan bog‘liq. Gap shundaki, qonunimizga ko‘ra, bu ancha vaqt oldin oliy rahbariyat vakillari va mansabdor shaxslar uchun taqiqlangan”, deya tushuntirgan u. 

Ma’lumot o‘rnida, asosiy aksiyadori tadbirkor Yuriy Kovalchuk bo‘lgan “Rossiya” banki 2014 yilda, Qrim anneksiya qilinganidan keyin sanksiyalar ostida qolgan. O‘shanda Vladimir Putin ushbu bankda hisob ochishga va’da bergan. 2019 yilda Peskov Prezident Vladimir Putin maoshi va harbiy pensiyasini “Rossiya” bank kartasiga o‘tkazishni buyurganini tasdiqlagan. 

Ukrainada vaziyat keskinlashgan taqdirda Rossiya rahbariyatiga, shu jumladan Putinga nisbatan AQSH tomonidan cheklovlar joriy etilishi Demokratlar va Respublikachilar kongressmenlari tomonidan alohida tayyorlangan ikkita qonun loyihasida nazarda tutilgan. 

Shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Bayden agar Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga bostirib kirsa, Vashington Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga qarshi sanksiyalar joriy etishini istisno qilmasligini aytgandi.  

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Peskov

Baholaganlar

720

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing