AQSHga “megabo‘ron” yaqinlashyapti. U XIX asrda ko‘plab shtatlarni vayron qilgan edi

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtatida yomg‘irli mavsum boshlanishi bilan “megabo‘ron” yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Uning oqibatlari AQSHning G‘arbiy sohillari uchun odatiy bo‘lgan zilzila va o‘rmon yong‘inlaridan ko‘ra jiddiyroq bo‘ladi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda. 

Kaliforniyaga butun bir oy davomida tinimsiz jala yog‘ishi mumkin. Bunday holda, shtatga uch metrdan olti metrgacha yog‘in tushadi va mintaqadagi eng yirik shaharlarning har biri besh metrlik suv ostida qolishi mumkin.

Tabiiy ofat San-Fransisko, Los-Anjeles, San-Diyego va Sakramento shaharlariga eng ko‘p talafot yetkazishi mumkin. Bu yerlarda minglab ko‘chkilar sodir bo‘ladi, to‘g‘onlar buziladi va qishloq xo‘jaligi jiddiy zarar ko‘radi.

“Bu xuddi biror-bir fojiali film sahnasiga o‘xshab ketadi, ammo xuddi shunday bo‘ron nafaqat bo‘lishi mumkin, bu oldin yuz bergan”, deb yozadi maqola muallifi.

Ma’lumot o‘rnida, “Megabo‘ron” 1861-1862 yillarning qish oylarida Kaliforniyaga yopirilgan edi. Tabiiy ofat rekord darajadagi qurbonlar va vayrongarchiliklar bilan tarixda qolgan.

“Suv toshqinlari Kaliforniyadagi har to‘rt uydan birini yuvib ketgandi. <...>  U soliq olinadigan yerlarning uchdan bir qismini vayron qildi va shtatni bankrotlik yoqasiga olib bordi”, deydi seysmolog Lyusi Jons.

Shundan so‘ng, shtat ma’muriy markazini Sakramentodan boshqa yerga vaqtincha ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan edi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, agar tabiiy ofat shtat aholisining bir foizini o‘ldirsa, deyarli 400 ming kishi qurbon bo‘ladi. Bu AQSH tarixidagi eng katta tabiiy ofat sifatida tarixga kirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh tabiiy ofat

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing