AQSHga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
01 Oktabr
1827Namangan va Samarqand viloyatlarida AQSHga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M.R va RM. ikki nafar qo‘shnisi M.R va S.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga jami 18 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 49 kishini Angliya va boshqa chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.
LiveBarchasi