AQSHdan O‘zbekistonga uchgan samolyot favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
13 yanvar
13134Uzbekistan Airways’ning Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan reysi bortdagi mast yo‘lovchi sababli Rossiyaning Qozon shahri aeroportida favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Flightradar 24” ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli S.U. parvoz davomida spirtli ichimlik iste’mol qilgan va o‘zini nomaqbul tutgan. Bu boshqa yo‘lovchilarga yoqmagan va ular unga ogohlantirish bergan, ammo mast yo‘lovchi tinchlanishni istamagan. Shu sababli u bog‘lab qo‘yilgan va Boeing 787 samolyoti bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:10 da Qozonda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Parvoz deyarli 13 soatlik masofada vaqtincha to‘xtatilgan.
Hodisaga sababchi bo‘lgan erkak reysdan chiqarilib, politsiya bo‘limiga olib borilgan va unga nisbatan protokol tuzilgan. Somolyot 3,5 soat kechikish bilan Toshkentga muvaffaqiyatli yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bortida 173 yo‘lovchi bilan Sankt-Peterburgdan Samarqandga yo‘l olgan Boeing 737 samolyoti stabilizator nosozligi sababli Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
LiveBarchasi