AQSHdan Xitoyga “syurpriz”

Olam

image

AQSH Xitoyning 300 mlrd dollarlik tovarlariga ustama belgilashi mumkin. Bu haqda Amerika Prezidenti Donald Tramp Irlandiyaga tashrifi vaqtida e’lon qilgan. 

"Xitoy bilan muzokaralarimizda ko‘plab qiziqarli voqealar ro‘y beradi. Men yana 300 mlrd dollarlik tovarlarga ustama belgilamoqchiman va bu o‘z vaqtida amalga oshadi", degan Donald Tramp. 

Joriy yilning 5 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 10 may sanasidan Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga 25 foiz boj solinishi haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Xitoydan AQSHga kiritilayotgan mahsulotlarning ilk 200 milliardlik qismiga 25 foizlik boj solig‘i solinadi. 200 mlrd.dan oshganiga 10 foizlik boj solig‘i solinadi.

Bunga javoban Xitoy tomoni 13 may kuni 2019 yil 1 iyun kunidan kuchga kiradigan AQSHning 5 ming turdagi 60 mlrd dollarlik tovarlariga ustama belgilagandi. Bundan avvalroq saytimizda ushbu mavzuga oid tahliliy maqola ham e’lon qilgan edik.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp savdo urushi AQSh-Xitoy

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing