AQSHdagi o‘zbek muhojiri: har bir odamga 1200 dollardan berilmoqda

Olam

image

AQSH hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi paytida mamlakatdagi har bir odamga 1200 dollardan berilishi boshlandi. Bu haqda AQSHdagi vatandoshlarimizdan biri Behzod Mamadiyev ijtimoiy tarmoqdagi o‘z saxifasida xabar bermoqda. 

“AQSH hukumati oilalarga va’da qilgan yordam pullari odamlarning bank hisoblariga kelib tushishni boshladi. Shu kungacha millionlab oilalar allaqachon pulni olgan. Jumladan, kaminaning hisobiga ham bugun tushibdi.

Yordam puli to‘g‘ridan to‘g‘ri bank hisobiga kelib tushadi. Bank hisobi haqida davlatga ma’lumot bermagan shaxslarga pul chek ko‘rinishida pochta orqali yuboriladi”, deydi o‘zbek muhojiri.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni AQSH Senati koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 trillion dollar miqdorda pul ajratdi. Rejaga ko‘ra, yillik oyligi o‘rtacha 75 000 AQSH dollari yoki undan kam bo‘lgan shaxslarning har biriga 1 200 AQSH dollari, ularning har bir farzandi uchun esa qo‘shimcha 500 dollardan pul beriladi. Shuningdek, shifoxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 130 milliard dollar ajratiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing