AQSHdagi universitetda ommaviy otishma yuz berdi. Qurbon bor
Olam
−
11 noyabr
5047Kecha, 10 noyabr kuni AQSHning Alabama shtatidagi Taskigi universiteti kampusida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib, CNN xabar berdi.
“Maxsus agentlar Taskigi shahri Meykon okrugidagi Taskigi universiteti kampusida bir necha kishi o‘qdan jarohat olgani haqida xabar oldi. 18 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa davomida jami 16 kishi jarohatlangan”, deyiladi Alabama huquqni muhofaza qilish organlari xabarida.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlardan 12 nafari shifoxonaga yetkazilgan, yana to‘rt kishi yengil jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari keyinchalik hodisa joyidan pulemyot topgan. Otishmani uyushtirishda gumonlangan 25 yoshli erkak qo‘lga olingan. U otishma sodir etilgan qurol egasi sifatida ayblanmoqda. Erkakning qayerda saqlanayotgani va hozirda advokati bor-yo‘qligi noma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu AQSHda 2024 yil boshidan beri qayd etilgan kamida 454 ommaviy otishmadan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Keretaro shahridagi Los Cantaritos barida to‘rt kishi mijozga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr