AQSHdagi saylovlarning dastlabki natijasi e’lon qilindi

Olam

image

Kecha, 8 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan Oraliq saylovlarning ilk natijalari Vakillar palatasi uchun kurashda respublikachilar muvaffaqiyatini ko‘rsatmoqda. Biroq, Senatning taqdiri hali aniq emas. 

Qayd etilishicha, joriy saylovlar  Vakillar palatasining butun tarkibini, ya’ni 435 nafar a’zoni saylaydi. Uni boshqarish uchun 218 o‘rin kerak. “The New York Times” gazetasi saylovlarning dastlabki natijalaridan kelib chiqib yozishicha, Respublikachilar Vakillar palatasida kamida 157 o‘rinni, Demokratlar esa 188 o‘rinni qo‘lga kiritishgan. Demokratlar partiyasi an’anaviy ravishda kuchli bo‘lgan hududlarda, shuningdek, G‘arbiy Sohilda va Kaliforniya shtatida g‘alaba qozongan.

Agar Vakillar palatasida ma’lum bir tendensiya kuzatilishi mumkin bo‘lsa, unda Senat bilan vaziyat mutlaqo noaniq bo‘lib qolmoqda. Ikki muhim shtat – Arizona va Pensilvaniyada Senat saylovlarida demokratlar yetakchilik qilmoqda. Jorjiyada Demokratik nomzod Rafael Uornok avvaliga peshqadamlikni qo‘lga kiritdi, keyin esa respublikachi nomzod oldinga chiqib oldi. Uornok bilan respublikachilarning amaldagi yetakchisi Gershel Uoker o‘rtasidagi tafovut 1 foizdan kam.

OAVning hisob-kitoblariga ko‘ra, Demokratlar Koloradoda Senatdagi o‘rin uchun kurashda g‘alaba qozonishdi. Qolaversa, ular Viskonsinda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini saqlab qolishgan. Bu yerda sotsiologlar ustunlikni respublikachilarga bergan edi. Yana bir muhim shtat Pensilvaniyada demokrat Jon Fetterman hamon 52 foiz ovoz bilan peshqadamlik qilmoqda, biroq respublikachi Mexmet Oz tafovutni qisqartirmoqda. Hozirda ular o‘rtasidagi taxminiy farq 5 foizni tashkil qilmoqda. 

Xulosa shuki, Amerikaning ikki yetakchi partiyasi ham Senatni nazorat qilish imkoniyatiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing