AQSHdagi otishmada 7 kishi o‘ldirildi

Olam

image

4 iyun kuni kechqurun AQSHning Alabama shtatidagi Morgan okrugida yetti kishi otishma qurboniga aylandi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyaga o‘q ovozi eshitilgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Shundan so‘ng, huquq-tartibot idoralari belgilangan manzilga yetib kelishgan. Voqea joyida ular yetti kishining murdasini topishgan.

Mahalliy sherif idorasining vakili Mayk Svaffordning ma’lum qilishicha, jinoyatchi otishma joyidan qochib ketgan. "Biz uning jinoyat sodir bo‘lgan joyni tark etganiga ishonamiz. Kimdir uyga kirib, bu vahshiylikni sodir etgan va keyin g‘oyib bo‘lgan", dedi u. Gumonlanuvchining shaxsi hozircha aniqlanmagan. Politsiya, shuningdek, qotillar bir necha nafar bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

Svaffordning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari voqea joyiga kelganida, yotoqxonalardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas, ammo politsiya buni qotillik sababi sifatida ko‘rmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing