AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

“Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadik”, deydi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bo‘lgan marhumning qarindoshi.

Voqea 22 iyul soat 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. 2022 yilgi Freightliner Semi Traktor I-10 avtomagistrali Sharqiy yo‘lidagi Highland Road chiqish rampasi yaqinida harakatlanayotgan bo‘lgan. Yuk mashinasi ichki beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l kameralariga 18 g‘ildirakli avtomobil magistralning bir qismida osilib turganining tasvirlari tushib qolgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mashinadan chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing