AQSHda yo‘qolib ketayotgan jonivor klonlashtirildi

Olam

image

AQSHda ilk bor yo‘qolib ketayotgan qora oyoqli sassiqko‘zan klonlashtirildi. Jonivor 2020 yil 10 dekabrda tug‘ilgan, biroq ommaga oradan ikki oy o‘tib bu haqda ma’lum qilindi.

Baliq va yovvoyi tabiat muhofazasi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, olimlar Elizabet Ann (klonlashtirilgan sassiqko‘zanning oti) o‘z turiga mansub sassiqko‘zanlarning populyatsiyasida irsiy xilma-xillikni ta’minlashga yordam beradi. Ushbu turning barcha zamonaviy namunalari atigi yettita sassiqko‘zandan kelib chiqadi. Bu esa ularning kasallik va irsiy anormalliklarga moyil qiladi.

Qora oyoqli sassiqko‘zanlar bir vaqtlar yo‘qolib ketgan tur deb hisoblanardi, ammo 1981 yilda Vayomindagi chorvador o‘z yerida ushbu turning oz sonli populyatsiyasini topib olgan. Bu tabiat himoyachilariga ushbu turni alohida joyda ko‘paytirish harakatini boshlashga imkon berdi.

Klonlashtirilgan sassiqko‘zanga asos bo‘lgan jonivor Uill Vayomindan topilgan guruhdan bo‘lmagan. U 1988 yilda o‘lgach, uning irsiy materiallari San-Diyeoda saqlab qo‘yilgan. 

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Uillning genomida bugungi kunda yashaydigan sassiqko‘zanlarga qaraganda uch baravar ko‘proq noyob farqlar mavjud. Shuning uchun, agar Elizabet Ann nasl qoldirsa, u turni noyob genetik xilma-xillik bilan ta’minlashi mumkin.

Olimlar Elizabetning yashovchanligini kuzatib boryapti. Klon va uning surrogat onasi boshqa jonivorlardan alohidalangan.

Revive & Restore ma’lumotiga ko‘ra, hozirda odamlar nazoratida 250 tadan 250 tagacha, yovvoyi tabiatda esa 300 ta shunday jonivor bor. Qora oyoqli sassiqko‘zanni klonlash loyihasi 2013 yilda boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing