AQSHda yirik korporatsiya binosidagi otishmada 8 kishi o‘ldirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Indianapolis shahridagi pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi FedEx korporatsiyasi binosida bir erkak o‘t ochib, 8 kishini o‘ldirdi, yana bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda ABC xabar bergan.  

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikni uyushtirishda taxmin qilinayotgan erkak o‘z joniga qasd qilgan. 

Kamida to‘rt kishi og‘ir ahvolda va yana uch kishi turli xil  jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

Otishmani uyushtirgan shaxs va qurbonlarning ismlari oshkor qilinmagan. 

"Ushbu voqeaga daxldorlarning barchasiga chin dildan hamdardmiz. Xodimlarimiz xavfsizligi eng muhim ustuvor vazifa, shunday ekan biz tergov organlari bilan to‘liq tartibda hamkorlik qilamiz", deyilgan FedEx bayonotida. 

Ma’lumot o‘rnida, FedEx korporatsiyasi Indianapolis shahri aeroporti yaqinida joylashgan. 

Avvalroq, AQSHning Shimoliy Karolina shtatida bir oiladan besh kishi, jumladan ikkita bola otishma qurboni bo‘lgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

66

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing