AQSHda yana o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
Olam
−
23 aprel 2022
4029AQSHda kuzatilayotgan dahshatli yong‘inlar Arizona shtatida o‘nlab uylarni yo‘q qildi va Nyu-Meksiko shtatidagi ko‘plab kichik qishloqlarni xavf ostiga qo‘ydi.
“Bu juda xaotik vaziyat”, deydi yong‘in bo‘yicha tahlilchi Styuart Terner.
Arizona shimolidagi tog‘li shaharchaning chekkasida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilarga kecha, 22 aprel kuni yog‘gan yengil qor, kuchli yomg‘ir va sovuq havo yordam bergan. Ammo qulay ob-havo uzoq davom etmagan.
Milliy idoralararo yong‘in markazi ma’lumotlariga ko‘ra, brigadalar 22 aprel kuni butun mamlakat bo‘ylab o‘ndan ortiq yirik yong‘inlarga qarshi kurashgan. 1600 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar Nyu-Meksikoda oltita va Arizonada uchta yong‘inga qarshi kurashgan.
Nyu-Meksiko gubernatori Mishel Luxan Grisham yong‘inlar sababli to‘rtta okrugda favqulodda holat deklaratsiyasini imzolagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, o‘rmon yong‘inlari G‘arbda o‘zgaruvchan sharoitlar, jumladan, erta qor erishi va kuzgi yomg‘irlarni hisobga olgan holda yil davomida xavf tug‘diradi. Muammolar 20 yildan ortiq davom etgan mega-qurg‘oqchilik tufayli yanada kuchaymoqda.
Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 22 aprel kuni Denver hududida yong‘in xavfi 80-yillarning noqulay harorati, kuchli shamol va juda quruq sharoitlar tufayli o‘n yildan ortiq vaqt ichida eng yuqori bo‘lgan.