AQSHda yana otishma uyushtirildi. 4 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Kaliforniya shtati Orinj shahrida kamida to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda MSNBC shahar politsiyasiga tayanib xabar bergan.  

Xabarlarga ko‘ra, voqea kecha, 31 mart kuni biznes-majmuada sodir bo‘lgan. Otishmada ikki kishi jarohatlangan. 

Politsiya vaziyat barqarorlashgani, aholiga tahdid yo‘qligini ma’lum qilgan. 

Avvalroq, AQSHning Kolorado shtati Boulder shahrida Ahmad Ali Alivi Alissa ismli shaxs oziq-ovqat do‘koni yonidagi avtoturargohda o‘t ochib, 10 kishini otib tashlagani haqida xabar bergan edik.  


Maqola muallifi

Teglar

otishma Kaliforniya

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing