AQSHda o‘ynayotgan futbolchi Olimpiadada O‘zbekiston safida qatnashishi mumkin
Sport
−
15 may
21311Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Kanada fuqaroligi bilan MLS o‘rinbosarlar ligasida to‘p tepayotgan futbolchi Kamron Habibulloh O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij mezbonlik qiladigan Olimpiada uchun tarkibiga jalb etilishi mumkin. Bu haqda “Scout in Eurasia” X sahifasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Kamron Habibullohni Olimpiada o‘yinlariga jalb etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
20 yoshli Kamron Habibulloh hozirda AQSHning “Sporting Kanzas Siti” o‘rinbosarlar jamoasida to‘p tepadi. Futbolchi Kanada U-17 terma jamoasi safida qit’a birinchiligi va Jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Joriy mavsum Habibulloh “Sporting Kanzas Siti” klubi safida MLS Next Pro chempionati doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
LiveBarchasi