AQSHda o‘lim jazosi uchun qo‘llaniladigan qator vositalarga ruxsat berildi

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi federal darajada o‘lim jazosini amalga oshirish yo‘llari ro‘yxatini kengaytirdi. Endi ukoldan tashqari, elektr stul, zaharli gaz va otishdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu haqda 28 noyabr kuni dpa agentligi tegishli hujjatga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 24 dekabrdan boshlab federal darajada o‘limga mahkum etilganlar hukm chiqarilgan shtatdagi har qanday qonuniy usul bilan qatl etilishi mumkin.

24 dekabr va 20 yanvargacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida (AQSHning yangi prezidenti inauguratsiya sanasi) Adliya vazirligining amaldagi rahbariyati bir necha jinoyatchini qatl etishni rejalashtirmoqda. Bu Jozef Baydenning o‘lim jazosiga qarshi chiqqani bilan bog‘liq.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 2020 yil davomida 15 kishi qatl etilgan, ulardan sakkiztasi federal darajada.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qatl jazosi

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing