AQSHda o‘lim jazosi 17 yil deganda yana tiklandi

Olam

image

AQSH federal hokimiyati o‘lim jazosini iyul oyi o‘rtalarida qayta tiklamoqchi. Bu 17 yillik “tanaffus”dan keyin sodir bo‘ladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr Federal qamoqxonalar byurosiga to‘rt qotil uchun o‘lim jazosi ijro etiladigan sanani tanlashni buyurdi. Ularning ikki nafari voyaga yetmagan bolalarning qotili hisoblanadi.

Ushbu mahkumlarning qatl etilishi 13, 15 va 17 iyulga, shuningdek, 28 avgustga belgilangan.

Qatl allaqachon uchta shtatda qo‘llanilayotgan maxsus dori yordamida amalga oshiriladi.

O‘tgan yili AQSH Prezidenti Donald Tramp ommaviy qotilliklarga nisbatan oliy jazo – o‘lim jazosini qo‘llash kerakligini aytgan edi. U Adliya vazirligiga tegishli qonun ishlab chiqishni topshirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yildan keyin ham ayrim shtatlarda o‘lim jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing