AQSHda uch ayol suvsar hujumiga uchradi

Olam

image

AQSHning Montana shtatida uch ayol ballonli qayiqni Jefferson daryosi etagiga olib tushayotganida to‘satdan suvsar hujumiga uchragan. Bu haqda "SKY news" xabar berdi.

Ayollardan biri Jen Roys duch kelgan shafqatciz hujumdan so‘ng, yuzi va tanasida ko‘plab chandiqlar paydo bo‘lgan va shifokorlar tomonidan tikilgan.
Hujum shunchalik tez sodir bo‘lganki, ikki hamrohi sherigi orqasida suvsar borligi haqida ogohlantirishga ham ulgurmagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Roys xonimning yuzi, qo‘llari, quloqlari, oyoqlari va to‘pig‘i hujum davomida suvsar tomonidan tishlab, tindalab tashlangan. 
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, hodisa chekka hududda sodir bo‘lgani tufayli tez yordam mashinasi ularni qidirib topishga qiynalgan. Shundan so‘ng, ayollar vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazilgan.


 
Aytilishicha, GoFundMe jamg‘armasi jabrlangan ayolning tibbiy xarajatlarini to‘lashga yordamlashgan. Shuningdek, hodisadan so‘ng mintaqadagi bir nechta baliq ovlanadigan joylarda tashrif buyuruvchilarni suvsar hujumidan ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, AQSHning Montana shtati baliqlari, o‘zgacha yovvoyi tabiati va bog‘lari bilan tanilgan.

Durdona Shirinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh suvsar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing